Ronaldu va Beylni sotmoqchi bo‘layotgan “Real” ularning o‘rniga futbolchi topib qo‘ydi

Madridning “Real”i Rimning “Latsio” klubi hujumkor yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichni sotib olishga bel bog‘ladi. Bu haqda SportMediase xabar bermoqda​.

Foto: FotMob

“Qirollik klubi” 23 yoshli serbiyalik yarim himoyachi uchun Rim klubiga 150 million yevro to‘lashga tayyor. Shuningdek, klub unga yiliga 6 million yevrolik maosh bilan 5 yillik shartnoma taklif qiladi. Ammo hali mazkur transferi bo‘yicha “Real” hozircha rasmiy taklif yubormagan.

Avvalroq “Yuventus” Milinkovich-Savich uchu 80 million yevro to‘lashga tayyorligi, ammo “Latsio” 120-130 million yevro talab qilayotgani, futbolchining o‘zi esa “Real”ga o‘tishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, futbolchiga “Manchester Yunayted” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 10.06.2018 / 23:59
Bosh sahifaga