Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASning dengiz tunnelini yo‘q qildi

Isroil armiyasi Falastinning HAMAS harakati harbiy-dengiz bazasiga zarba berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” yozmoqda.

Foto: “Korrespondent.net”

Aytilishicha, bazada dengizga chiquvchi tunnel bo‘lgan. U yo‘q qilinganini Isroil mudofaa armiyasi Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Aytilishicha, tunnel HAMASga Isroil harbiylariga bildirmay G‘azo sektori sohilidagi bazani tark etish va dengiz orqali Isroilga hujum qilish imkonini bergan.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 10.06.2018 / 23:45
Bosh sahifaga