Bosh prokuratura Shahrisabzda o‘smirning o‘zini osib o‘ldirishi yuzasidan axborot berdi

Bosh prokuratura Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida o‘smirning o‘z joniga qasd qilishi holati yuzasidan axborot berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Foto: “Gazeta.uz”

2018-yil 27-noyabr kuni soat 16.00 larda Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, “Chuqun” MFY Chuqun qishlog‘ida yashagan, 2005-yil 26-iyunda tug‘ilgan Sh. M. yashash uyi molxonasining bolor yog‘ochiga bo‘yin sohasidan o‘zini o‘zi osib, o‘z joniga qasd qilib, voqea joyida vafot etgan. Bu haqda  matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida marhum M.Sh.ni o‘z joniga qasd qilish sabablari so‘ralganda, marhumning yaqin qarindoshlari va boshqalar nima sababdan uning o‘z joniga qasd qilganligini bilmasligini, oilada hech qanday kelishmovchilik yoki urush-janjal bo‘lmaganligini, u 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab 6-sinfida o‘qiganligi, o‘qish joyida yoki oilada muammolar bo‘lmaganligi, o‘qituvchilari tomonidan o‘g‘liga birorta noqonuniy harakatlar yoki tazyiqlar sodir etilmaganligini, o‘g‘li ruhiyatidagi o‘zgarishlar sababli o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkinligini, shu sababli hech kimga hech qanday da’vosi yo‘qligini bildirgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida M.Sh.ning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tuman xalq ta’limi bo‘limi, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy komissiya, tuman ichki ishlari bo‘limi, “Chuqun” mahalla fuqarolar yig‘ini va «Yoshlar ittifoqi» tuman kengashiga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari Shahrisabz tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 06.12.2018 / 20:07
Bosh sahifaga