Uch xil libos, 200 nafar mehmon, hashamatli ziyofat: Priyanka Chopraning to‘yi qanday o‘tdi? (foto va video)

Avval xabar berganimizdek, hindistonlik aktrisa va sobiq “Dunyo go‘zali” Priyanka Chopra Nik Jonasga turmushga chiqdi. U o‘z muxlislari bilan tantana fotosuratlari bilan o‘rtoqlashdi, deb yozadi Sputnik.

Foto: Instagram / @priyankachopra

An’anaga ko‘ra, hashamatli tantana Mumbay shahridagi kelin uyida bo‘lib o‘tdi.

Unga 200 dan ortiq mehmonlar taklif qilindi. 25 yoshli Nik Jonasning AQShlik mehmonlari Priyanka ota-onasining uyiga joylashdi.

View this post on Instagram

Once upon a fairytale... @nickjonas Link in bio @people

A post shared by Priyanka Chopra Jonas (@priyankachopra) on

“Dunyo go‘zali” tanlovi g‘olib ushbu bayramga bir nechta liboslarni tayyorladi.

36 yoshli Priyankaning asosiy to‘y libosi — oq rangda, yarim ochiq va marvarid bilan bezatilgan Ralph Lauren libosi bo‘ldi.

Chopra boshidagi 25 metrli ajoyib oq to‘y libos pardasini bir necha kishi ko‘tarib ketdi. Kelin ko‘rinishi maftunkor malikaning o‘zi bo‘ldi.

An’anaviy hind marosimida Priyanka lexengu-choli – hashamatli milliy qizil libosni kiydi. Kelin tilladan yasalgan marjonni taqib olgan.

View this post on Instagram

And forever starts now... ❤️ @nickjonas

A post shared by Priyanka Chopra Jonas (@priyankachopra) on

Nik ham kuyov milliy hind libosini kiygan.

Kechki bazmda esa kelin hind uslubdagi ko‘plab qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan libosda paydo bo‘ldi.

View this post on Instagram

A heartfelt thank you to our Hon'ble Prime Minister Shri @narendramodi ji for gracing us with your presence. Touched by your kind words and blessings. @nickjonas

A post shared by Priyanka Chopra Jonas (@priyankachopra) on

Uning sochlari oq gul bilan bezatilgan. Quloqlarida noyob toshli sirg‘alarni, bo‘yniga hashamatli marjonlarni taqib olgan.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 06.12.2018 / 20:30
Bosh sahifaga