Tramp katta Bush bilan vidolashuv chog‘ida Klintonlar oilasini pisand qilmadi

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp 5-dekabr kuni Bill Klinton va uning rafiqasini Vashingtondagi Kafedral soborida bo‘lib o‘tgan katta Jorj Bush bilan vidolashuv marosimida bepisand qildi, deya xabar berdi MK.ru.

Foto: Google Images

Cherkovga kirib kelgan Tramp o‘zidan avvalgi sobiq davlat rahbarlari Barak Obama va uning oilasi bilan salomlashdi. Biroq Bill Klinton unga tabassum qilganiga qaramay u o‘z joyiga o‘tirdi.

AQSh birinchi xonimi Melaniya Tramp Obama va Klintonlar oilasi bilan salomlashdi. Ammo hozirgi davlat rahbari Klintonlar bilan so‘rashishni lozim topmadi.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 06.12.2018 / 20:40
Bosh sahifaga