Irkutskda tuya 8 soat davomida YTHdan qutqarildi

Sochidan yo‘lga chiqqan tuyalar ortilgan sirk mashinasi Irkutsk viloyatidagi gastrol chog‘ida yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda mahalliy IIV rasmiy saytiga tayanib “Avto.rambler” xabar berdi.

Foto: Google Images

Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, transport vositasi yo‘l chetidagi ariqqa qulagan. Kuzovdagi Sereja laqabli tuya voqea joyida nobud bo‘ldi. Slavik esa jabrlanmagan, uni o‘t o‘chiruvchilar amallab oyoqqa turg‘azgan.

Yaqin aholi yashash punktida tuyani olib o‘tish uchun transport topilmaganligi oqibatida, u o‘z oyoqlari bilan yong‘in avtomobili kuzatuvida shaharchaga yo‘l oldi. Hayvon 20 kilometr yo‘lni 45-daraja sovuqda mustaqil bosib o‘tdi. U vaqtincha o‘t o‘chiruvchilarning qismiga joyshtirildi. Qutqaruv operatsiyasiga umumiy hisobda sakkiz soat vaqt sarflandi.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 07.12.2018 / 10:37
Bosh sahifaga