Samoda hajmi oy bilan barobar kometa paydo bo‘ldi

16-dekabr kuni 46P/Virtanena kometasi Yerga 1,5 million kilometr masofada yaqinlashadi. Bu haqda “Gismeteo” xabar berdi.

Foto: “Gismeteo”

Bu kosmik era boshlanishidan buyon eng yirik kometa yaqinlashuvi bo‘ladi. Kometa yadrosi 1 kilometr kenglikda, ammo yaqinlashuv hatto u qadar katta bo‘lmagan narsalarni ham yirik ko‘rsatadi. Gaz atmosferasi bilan birga u hozir Oy hajmida ko‘rinadi. Amerikaning Luiziana shtatida Mayk Brussard 2-dekabr kuni kometani suratga oldi va taqqoslash uchun yoniga Oy suratini joyladi.

Foto: “Gismeteo”

Ammo yaqin kelishiga qaramay 46P/Virtanena kometasi hech qachon “Xayakutake-1996” yoki “Xeyla-Boppa 1997” kometasi singari katta bo‘lolmaydi. Uning nisbatan kichik kir muz va changdan tashkil topgan yadrolari yorqin dum hosil qila olmaydi. Eng yaxshi holatda u +3 yoki +4 bulut singari bo‘ladi.

Massachusets shtatidagi (AQSh) Keyp-Kod yarim orolida fotosuratchi Kris Kuk 46P/Virtanenani suratga olishda teleskopga muhtojlik sezmadi. U 35-millimetrli obyektiv bilan kometani suratga oldi.

Foto: “Gismeteo”

Mashhur suratchi Xuan Karlos Kasado kometani Ispaniyaning cherkov minorasidan turib suratga oldi va yangi suratchilarga suratga olishda RAW-formatdan foydalanishni tavsiya qiladi. Ekspozitsiya ko‘rinishi esa fokus masofasiga bog‘liq bo‘ladi.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 07.12.2018 / 11:11
Bosh sahifaga