Samsung Galaxy S10 Plus flagmanining oltita kamerasi bo‘ladi

Galaxy S10 Plus smartfonining yangi tasvir va videolari paydo bo‘ldi. Galaxy S10 Plus smartfoni Galaxy A9 (2018) dan keyin, Samsung’ning to‘rt asosiy kamera bilan jihozlangan ikkinchi smartfoni hisoblanadi. Bundan tashqari smartfon ikkita orqa kameraga ham ega. Bu haqda “Hi-tech” ma’lum qildi.

Foto: “Hi-tech”

Shuningdek, suratda dizayner Veniamin Geskin Galaxy S10 smartfonini S10+ bilan taqqosladi. Galaxy S10 + hajmi 157,5 x 75 x 7,8 mm, chiqib turgan kamera hisobiga uning qalinligini 9 millimetrgacha kattalashdi. Quad HD + ekrani hajmi 6,4 dyuymni tashkil qiladi, unga barmoq izlari skaneri o‘rnatilgan. Konstruksiyada 3,5 millimetrli audioga ham joy bor.

Foto: “Hi-tech”

Foto: “Hi-tech”

Foto: “Hi-tech”

Foto: “Hi-tech”

Foto: “Hi-tech”

Bozoriga qarab Galaxy S10 + Snapdragon 855 yoki Exynos 9820 chipsetlari bilan jihozlanadi. Flagman 12 GB operativ va 1 TB ichki xotiraga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, Galaxy S10 + Android 9 Piye bazasidagi yangi foydalanuvchi interfeysi bilan jihozlanadi. Flagman sotuvga 2019-yilning bahorida chiqadi.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 07.12.2018 / 11:37
Bosh sahifaga