Termizda o‘zbek va koreys san’atkorlarining qo‘shma konserti bo‘lib o‘tdi (foto)

Termizdagi an’at saroyida Janubiy Koreyaning Koryo raqs ansambli hamda “Boysun” folklor-etnografik xalq ansamblining qo‘shma konserti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

Unda o‘zbek va koreys san’at namoyandalari tomonidan ijro etilgan xalq qo‘shiqlari, termalar, milliy raqslar barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Foto: O‘zA

Konsertda Koreya Respublikasining mamlakatdagi Favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U va Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Ro‘zimurod Choriyev ishtirok etdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 07.12.2018 / 11:54
Bosh sahifaga