“Real”ning 18 yoshli futbolchisi Vinisius Junior sermahsullik namoyish etmoqda

“Real” futbolchisi Vinisius Junior Ispaniya Kubogi 1/16 finalining “Melilla” qarshi o‘yinida (6:1) bitta gol urdi va jamoadoshi Marko Asensioga bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Foto: Twitter

Shu tariqa 18 yoshli braziliyalik futbolchi “Real”dagi 7 ta o‘yinida 7 ta golda bevosita ishtirok etdi. Gol+pas tizimida u hozirda 7 ochko to‘pladi. Junior 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.