Komiljon Allamjonov ko‘zi ojizlar maktab-internati foydalanuvchilariga Konstitutsiya kuni munosabati bilan sovg‘a ulashdi

Toshkent shahar ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktab-internatida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston tarixida birinchi marta nashr etilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining brayl alifbosidagi nashri taqdimotiga bag‘ishlangan xayriya tadbiri o‘tkazildi, deb xabar berdi O‘zA.

Foto: O‘zA

Xayriya tadbirida ishtirok etayotgan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Komil Allamjonovning ta’kidlashicha, bugungi kunda brayl alifbosida bor yo‘g‘i 18 turdagi o‘quv-qo‘llanma mavjud. Vaholanki oddiy maktab o‘quvchilari 130 turdan ortiq o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlangan.

Komiljon Allamjonov taqdimot davomida maktab internat tarbiyalanuvchilariga bayram sovg‘alarini topshirdi.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 07.12.2018 / 12:19
Bosh sahifaga