Хitoylik prodyuserlar “O‘zbekkino” agentligida hamkorlikdagi “Qahramon“ filmi xususida muzokaralar olib bordi

Хitoylik taniqli kinoprodyuser Lo Xao boshchiligida O‘zbekistonga kelgan Hunan Heguang Media kinokompaniyasi vakillari “O‘zbekkino” milliy agentligi rahbariyati bilan uchrasdi.

Foto: “O‘zbekkino”

Xitoy kinosanoati vakillari Orange Sky Golden Harvest Group va Hunan Mango Studios kinokompaniyalari tomonidan ishlangan seriallar va badiiy film taqdim etdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston bilan hamkorlikda ishlanadigan “Uch shahar“ loyihasi va “Qahramon“ badiiy filmi xususida muzokaralar olib borildi. Shuningdek, kino va seriallar, televideniye uchun videomateriallar tasvirga olishda o‘zaro tajriba almashish, kadrlar masalalari ko‘rib chiqildi.

Xitoy kinosanoati vakillari “O‘zbekkino” Milliy agentligiga “Zulmatdagi qora jang”, “Janob suv odami”, “O‘tinchi Lyu Xay” kabi kinokartinalarni taqdim etishlarini bildirdi.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 07.12.2018 / 12:10
Bosh sahifaga