Ukraina savdo vaziri: O‘zbekiston bozorlariga tovar olib kirishda hech qanday to‘siq yo‘q

Ukraina Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Stepan Kubov O‘zbekiston bozorlarga tovar olib kirishda hech qanday to‘siq yo‘qligi va muammoli vaziyatlar hal qilinganini ma’lum qilgan. Bu haqda “Interfaks”ga asoslanib Spot xabar berdi.

Stepan Kubov
Foto: iba-ua.com

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyi boshida Ukrainada O‘zbekiston avtomobillariga qarshi antisubsidiya tekshiruvi boshlangach, Ukraina dori vositalari O‘zbekistonga kiritilmay qo‘ygandi. 3-dekabr kuni Ukrainada O‘zbekiston avtomobillari importiga nisbatan antisubsidiya tekshiruvlarni to‘xtatgan.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 07.12.2018 / 12:55
Bosh sahifaga