Samarqand teatri Ostonadagi festivalda ishtirok etadi

Samarqand viloyati musiqali drama teatri jamoasi joriy yilning 11—16-iyun kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan “Samg‘au” VI xalqaro teatrlar festivalida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: “Kazinform”

Festivalda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Rossiya, Serbiya, Qirg‘iziston teatrlari jamoalari 12 eng sara sahna asari bilan qatnashadi. Tanlov hay’atiga taqdim etilgan 30 ga yaqin ijodiy ish orasidan saralangan bu asarlar qatorida Samarqand teatrining “Ko‘chki” spektakli ham o‘rin olgan. Teatr ijodkorlarining mazkur asari joriy yilning aprel oyida Turkiyaning Ko‘nya shahrida o‘tkazilgan “Ming nafas — bir ovoz” turkiy tillarda sahnalashtirilgan spektakllarning XI xalqaro festivalida e’tirof etilgan edi.

Ostonadagi teatrlar anjumani doirasida spektakllar muhokamasi, yirik teatr jamoalari bilan uchrashuv va madaniy dasturlar, mahorat mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 10.06.2018 / 23:07
Bosh sahifaga