Rossiyaning Kuban mintaqasida ro‘y bergan YTHda besh kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi Tixorechye tumanida ikki yengil avtomobil ishtirokida mudhish YTH ro‘y berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

YTH oqibatida olti kishi jabrlandi. Ularning besh nafari halok bo‘ldi. Bir kishi — yosh bola tirik, unga shifoxonada yordam ko‘rsatilmoqda.

YTH sabablari aniqlashtirilmoqda.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 10.06.2018 / 22:50
Bosh sahifaga