Britaniyaliklar ommaviy tarzda Irlandiya fuqaroligini olishmoqda

Irlandiya fuqaroligini olish istagida bo‘lgan britaniyaliklarning soni 2018-yilda ikki marotaba oshgan. Bu Brexit e’lon qilingan davrdagi eng yuqori ko‘rsatkich. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: Postimees

2018-yilda salkam 100 ming britaniyalik Irlandiya fuqaroligini olish uchun hujjatlar topshirgan. 2017-yilda esa 81 ming fuqaro ariza toshirgani qayd etilgan. Bunga sabab qilib esa, Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqib ketishi ko‘rsatilgan. Irlandiya Yevropa Ittifoqida qoladigan bo‘lgan.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 31.12.2018 / 12:55
Bosh sahifaga