Misrda Rim davriga oid qabr topildi

Misr Qadimiy yodgorliklar vazirligi tashkil qilgan qidiruv guruhi tomonidan rim davriga tegishli bo‘lgan yangi qabr topilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Qadimiy yodgorliklar vazirligi

Qayd etilishicha, qadimiy tosh tobut qizil tuproqdan qilingan bo‘lib, oval (cho‘zinchoq) ko‘rinishga ega. Qadimiy yodgorliklar oliy kengashi bosh kotibi Mustafo Al Vaziriga ko‘ra, tobut toshning ustida odamlar va muhandislik inshootlari aks ettirilgan.

Qabrning ichida esa yuzga yaqin sopol idish namunalari hamda uzumzorlar chizilgan uzuklar topilgan.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 31.12.2018 / 13:45
Bosh sahifaga