Kuril orollari sohillariga minglab selyodkalar chiqib qoldi

Kuril orollari tarkibidagi Iturup oroli sohiliga kuchli shamol minglab selyodkalarni chiqarib tashladi, deb xabar berdi “Vesti.ru”.

Foto: “Vesti.ru”

Mahalliy aholi vakillarining aytishicha, 29-dekabr kuni ertalabdan sohilda ko‘p miqdorda selyodkalar paydo bo‘lib qolgan.

Odamlar baliqlarni qoplab terib olgan. Qolgan baliqlarni esa xaskashlar bilan dengizga qaytarib tushirishgan.

Bunday holat Kuril orollariga yaqin Kitovoy portida ham kuzatilgan.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 31.12.2018 / 14:15
Bosh sahifaga