Suriyada 215 mingga yaqin qochoq uylariga qaytdi

Suriyaning Idlib shahrida terrorchilar 20 ta aholi yashash punktida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzdi, deb xabar berdi “Vesti.ru”.

Foto: “Vesti.ru”

Otishmalar oqibatida bir nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda nizolashayotgan mamlakatlarni yarashtirish bo‘yicha Rossiya markazi rahbari, leytenant Sergey Solomatin ma’lum qilgan.

Solomatinning qo‘shimcha qilishicha, markaz  qochoqlarni o‘tkazish uchun o‘nlab punktlar faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

29-dekabr, shanba kuni 213 632 nafar qochoq uylariga qaytgan.

Terrorchilik guruhlarini tark etgan va chaqiruvdan bo‘yin tovlagan 21701 nafar suriyalik ham avf etilgan.

Belgiya hukumati otalar IShID jangarilari bo‘lgan va o‘ldirilgan olti nafar bolani mamlakatga qabul qilishini ham ma’lum qilgan.

Mamlakat hukumati bolalar va ularning onalarini zarur hujjatlar bilan ta’minlash haqida qaror qabul qilgan.

Belgiya adliyasi yish bolalarni terrorchilar bilan aloqasi uchun javobgarlikka tortish imkoni bermaydi, biroq terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullangan ayollar jazoga tortiladi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 31.12.2018 / 14:00
Bosh sahifaga