Gonkonglik rejissor Ringo Lem vafot etdi

Gonkonglik rejissor, ssenarist, prodyuser va aktyor Ringo Lem 29-dekabr kuni 63 yoshda vafot etdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

Foto: Reuters

Lemning vafot etgani haqida uning rafiqasi ma’lum qilgan. U grippga chalingan va shifokor tavsiyasisiz dorilar qabul qilgan.

Lem tomoshabinlarga “Umumiy trevoga”, “Olov ichidagi shahar” kabi filmlari bilan yaxshi tanish.

Marhum Jan Klod Van Damm va Jeki Chan kabi taniqli aktyorlar bilan bir necha marotaba hamkorlik qilgan.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 31.12.2018 / 14:44
Bosh sahifaga