Ronaldu hozir “Yuventus”da, ammo 2018-yilni “Real”ning eng yaxshi to‘purari sifatida yakunladi

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu hozir “Yuventus” a’zosi ekanligiga qaramay, u sobiq jamaosi “Real”ning 2018-yildagi eng yaxshi to‘purari bo‘ldi, deb xabar berdi “Sports.ru”.

Foto: Twitter/@juventusfc

Ronaldu “Real”ni shu yilning iyul oyida tark etgandi.

Ronaldu 2018-yilning birinchi yarmida madridliklar foydasiga barcha musobaqalarda 28 ta gol urdi.

Uelslik yarim himoyachisi Garet Beyl yakunlanayotgan yilda “Real” tarkibida maydonga tushib, 27 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fransiyalik Karim Benzemaning hisobida esa 18 ta gol mavjud.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 31.12.2018 / 14:59
Bosh sahifaga