Pol Pogba Ueyn Runining 6 yil oldingi natijasini takrorladi

30-dekabr, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 20-turi doirasida “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba “Bornmut”ga qarshi o‘yinda dublga erishdi.

Foto: Fox Sports

Fransiyalik futbolchi APLda ketma-ket 2 ta o‘yinda raqib darvozasini 2 martadan ishg‘ol qildi. 19-turdan o‘rin olgan “Haddersfild” bilan kechgan bahsda 2 ta golga mualliflik qilgandi (3:1).

Oxirgi marta 2012-yilda Ueyn Runi “Manchester Yunayted” safida APLning ketma-ket 2 ta o‘yinida kamida 2 tadan gol urgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 31.12.2018 / 16:23
Bosh sahifaga