Ingushetiyada taniqli ulamo Ibrohim Belxoroyev o‘ldirildi

Ingushetiyada shayx Batal hoji Belxoroyevning avlodlaridan bo‘lgan ulamo Ibrohim Belxoroyevga suiqasd uyushtirildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: The Insider

Nazranda 31-dekabr kuni salonida ikki erkak bo‘lgan Hyundai Solaris avtomobili o‘qqa tutildi. Hodisada Ibrohim Belxoroyev halok bo‘ldi, haydovchi Abo Aushev jarohat oldi.

Qotillikka qasd moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Gumon qilinuvchilar qo‘lga olingani haqida xabar berilmadi.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 31.12.2018 / 17:00
Bosh sahifaga