Indoneziyada sunami qurbonlari soni 437 kishiga yetdi

Indoneziyaning Sumatra va Yava orollariga yog‘ilgan sunami qurbonlari soni 437 kishiga yetdi, 14 mingga yaqin kishi jabrlandi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: EPA

16 kishi haligacha bedarak yo‘qolgan deb hisoblanilmoqda.

Ma’lumot uchun, 22—23-dekabr kunlari Indoneziyaning Yava va Sumatra orollariga kuchli sunami yopirilib kelgandi. U yaqinda Krakatau vulqoni otilishi tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 31.12.2018 / 18:45
Bosh sahifaga