Toshkent viloyatida fuqaro olib qochilgan avtomashinada boshqaruvni eplay olmay ag‘darib yubordi

2018-yil 30-dekabr kuni vaqtincha Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi G.Q. IIBga murojaat qilib, unda shu yilning 29-dekabr kuni tanishi X.X. Toshkent viloyatining Qibray tumani hududida uning qo‘lidan Matiz rusumli avtomashina kalitini tortib olib, taxminan 300 metr haydab borgandan so‘ng boshqaruvni eplay olmay avtomashinani ag‘darib yuborganligini ma’lum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Foto: IIV

X.X. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 31.12.2018 / 19:11
Bosh sahifaga