Surxondaryoda fuqaro mastlik oqibatida o‘z jiyanining umriga zomin bo‘ldi

Joriy yilning 30-dekabr kuni Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi O.P. mast holda uyida jiyani A.N. bilan o‘zaro janjallashib, uning tanasini turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Foto: IIV

Natijada A.N. kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan. O.P. esa qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 31.12.2018 / 19:53
Bosh sahifaga