O‘zbekistonda yillik o‘limlarning 78 foiziga yuqumsiz kasalliklar sabab bo‘lmoqda

O‘zbekistonda dehqonchilik mahsulotlari mo‘l-ko‘l yetishtirilsa-da, aholi kundalik ovqat ratsionida meva-sabzavot turlari iste’moli yetarli emas. Ushbu muammolar tufayli O‘zbekistonda yillik o‘lim holatlarining 78 foizi aynan yuqumsiz kasalliklar ulushiga to‘g‘ri kelmoqda, deb yozadi O‘zA Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.

Foto: O‘zA

Prezidentning 2018 yil 18 dekabrda qabul qilingan “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasini, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Unda tibbiy-profilaktika sohasida olib borilayotgan ishlarni takomillashtirish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faollik va to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini keng targ‘ib etish tilga olingan.Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar ko‘pchilik o‘ylaganidek,xavfsiz tuyulsa-da turmush tarzimizni kemiruvchi katta illat hisoblanadi.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 31.12.2018 / 20:14
Bosh sahifaga