Toshkent viloyatida bozorda o‘g‘rilik qilgan noma’lum shaxs aniqlanib, qo‘lga olindi

Shu yilning 16-dekabr kuni Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida yashovchi M.S Nurafshon shahar hududida joylashgan dehqon bozorida kiyim-kechaklarini yig‘ishtirayotgan vaqtida noma’lum shaxs unga tegishli ichida 6 mln so‘m puli va Samsung mobil telefoni bo‘lgan sumkasini o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Foto: IIV

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni O‘rtachirchiq tumani Turkiston mahallasida yashovchi U.S. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 31.12.2018 / 20:35
Bosh sahifaga