Namanganda “Do‘ppi tikdim ipaklari tillodan” milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi namoyish etildi

Namanganda “Do‘ppi tikdim ipaklari tillodan” milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Davlat rahbarining 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida tashkil etilgan ko‘rgazmada viloyat hunarmandlari tayyorlagan do‘ppido‘zlik, kashtachilik, kulolchilik, pichoqchilik, zargarlik kabi qo‘l mehnati mahsulotlari namoyish etildi.

“Hunarmand” uyushmasi Namangan viloyat boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2017-yilda viloyatda Hunarmand uyushmasining 980 nafar a’zosi bo‘lgan bo‘lsa, hozir ular soni 2 ming 130 dan oshadi.

– 2018-yilda imtiyozli kredit asosida hunarmandlar tomonidan 962,4 million so‘mlik 55 ta loyiha amalga oshirildi, - deydi “Hunarmand” uyushmasi Namangan viloyat boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Valiyev.– Dasturdan tashqari qo‘shimcha 611 loyiha tashabbuskori aniqlanib, 18,1 milliard so‘mlik kredit olishga erishildi. Ushbu loyihalarni bajarish orqali 712 yangi ish o‘rni tashkil etildi.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 31.12.2018 / 20:56
Bosh sahifaga