Andijonda mashina olib berishni va’da qilib, fuqaroning 19 ming dollarini olib qo‘ygan shaxs qo‘lga olindi

Shu yilning oktabr oyida fuqaro H.N. Andijon shahar Bobur shoh ko‘chasida S.F. ismli fuqaroga Spark va Lacetti rusumli avtomashinalar olib berishni aytib, undan 19 000 AQSh dollarini olgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Foto: IIV

Natijada bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan. Ko‘rilgan tadbirlar natijasida H.N. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 31.12.2018 / 21:17
Bosh sahifaga