O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi yagona qisqa telefon raqamini ishga tushirdi

Tashqi ishlar vazirligi Call-center yagona qisqa telefon raqamini ishga tushirdi. 1164 raqami 20 ta kanalga ega, deb yozadi Turon24 TIV axborot xizmatiga tayanib.

Foto: Turon24

Fuqarolar bilan ishlashni takomillashtirish, ularga tezkor va har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan Call-center har kuni soat 9.00 dan 18.00 gacha ishlaydi.

Manbaning qayd etishicha, +998-71-233-69-46 raqami orqali ham TIVga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Shuningdek, yaqin vaqtlarda xorijdan qo‘ng‘iroq qilish uchun tunu kun ishlaydigan maxsus raqam o‘rnatish rejalashtirilgan.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 31.12.2018 / 21:38
Bosh sahifaga