Rossiyadagi vaqtinchalik ushlab turish markazlaridan 500 dan oshiq kishi O‘zbekistonga qaytarib kelindi

Rossiya Federatsiyasi hududida hujjatsiz va mablag‘siz qiyin ahvolda qolgan fuqarolarni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan O‘zbekistonga qaytarish ishlari davom etmoqda. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lum qildi.

Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Moskvadan tashqari, Sank-Peterburgdagi vaqtinchalik ushlab turish markazlaridan ham olib kelish ishlari boshlandi. Bugunga qadar jami 503 nafar odam olib kelingan.

Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Ularning har biri bilan tibbiyot hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari ish olib bormoqda.

Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 11.02.2019 / 14:20
Bosh sahifaga