Moskvada 140 kiloli erkak 12-qavatdan qulab, omon qoldi

Moskvaning Zelenograd ma’muriy okrugida yashovchi 36 yashar erkak 12-qavatdan tushib ketib, omon qoldi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.

Foto: “Vesti.ru”

Uning umurtqasi singani bildirilmoqda. Erkakka vazni (140 kilogramm) yordam berdi, yo‘qsa, 40 metrli balandlikdan qulash oqibati ayanchli bo‘lishi mumkin edi.

U daraxt shabbalariga urilib, qor uyumiga kelib tushdi. Hozirda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 11.02.2019 / 15:23
Bosh sahifaga