Astronomlar Yerga yaqin asteroidlar guruhidan iborat samoviy jismni aniqladi

9-fevral kuni AQSh astronomlari 165 kun ichida quyosh atrofida aylanib chiquvchi asteroidni aniqladi, deb xabar berdi “TASS”.

Foto: NASA

2019AQ3 deb nom olgan samoviy jism diametri 1,6 kilometr bo‘lib, elliptik orbita bo‘ylab aylanadi va Quyosh Merkuriyga nisbatan yaqinroq keladi hamda Venera orbitasi ortiga qarab uzoqlashadi.

2003-yilda aniqlangan asteroidga hindlarning pauni qabilasi ma’budasi nomi bilan Atira deb atalgan bo‘lib, asteroidlar guruhiga ham shu nom berilgan. Hozirda astronomlarga bu guruhdagi taxminan 20 asteroidlar ma’lum xolos.

“Hali aniqlanmagan bu kabi ko‘plab asteroidlar bo‘lishi mumkin”, — deb ta’kidlangan Kaliforniya universiteti tahlil markazida.

Asteroidning dastlabki kuzatuvlari 4-yanvar kuni Janubiy Kaliforniyaning Palomar observatoriyasida joylashgan 122 santimetrli teleskop yordamida amalga oshirilgan. Ushbu teleskop yordamida kuzatish o‘tgan yilning mart oyidan boshlangan. Uning yordamida astronomlar har uch sutkada osmonning shimoliy yarim sharini kuzatishlari mumkin.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2019AQ3 asteroidi orbitasi 35,4 million kilometr uzoqlikda joylashganligi uchun Yerga xavf tug‘dirmaydi.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 12.02.2019 / 09:25
Bosh sahifaga