Toshkentda kollej o‘quvchisi kursdoshi va uning singlisi tomonidan kaltaklandi

Mirobod tuman IIB navbatchilik qismiga 8-fevral kuni tibbiyot muassasidan 18 yashar E’zoza R. tan jarohatlari bilan murojaat qilgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Sputnik

Qizning aytishicha, u kursdoshi Oygul K. va uning singlisi Shahlo K. bilan janjal oqibatida jarohatlar olgan.

Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlandi, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 12.02.2019 / 09:25
Bosh sahifaga