Xitoyda qizcha pandalar qafasiga tushib ketib omon qoldi (video)

Xitoyda qizcha pandalar bo‘lgan qafasga tushib ketib tirik qoldi, deb yozadi South China Morning Post.

Foto: Thegudda.com

Voqea 9-fevral kuni Sichuan provinsiyasining Chendu shahrida yirik pandalarni ko‘paytirish tadqiqot markazi (Chengdu Research Base of Giant Panda Breeding)da sodir bo‘lgan. Guvohlardan biri buni videoga olgan.

Videoda ikki metr balandlikdan tushib ketgan qizchaning yirik pandalar bor qafasda turgani aks etgan. Qizning baqirib yig‘lashi pandalardan birining e’tiborini tortgan va u tajovuzkorlik alomatlarini ko‘rsatmay qizga yaqinlashgan.

Markaz xodimi panjalar ortidan qizga uzun tayoq tushiradi, ammo qiz qo‘rqqanidan uni ushlab tura olmaydi. Ikkinchi panda yaqinlashishni boshlaganda markaz xodimi panjaradan o‘tib qizga qo‘lini tutib uni tortib oladi.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 12.02.2019 / 09:46
Bosh sahifaga