Meksikada bir hafta avval bedarak yo‘qolgan 5 nafar politsiyachining jasadi topildi

11-fevral kuni tongda Meksikaning Sitakuaro munitsipaliteti (Michoakan shtati) hududida avtomobil salonidan 5 nafar politsiyachining jasadi topildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: EPA

4-fevral kuni politsiyachilar Tusantla munitsipalitetidan noma’lum jinoyatchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan va hafta davomida bedarak yo‘qolgan deb hisoblab kelinayotgandi.

Prokuratura hodimlari politsiyachilar o‘limiga o‘qotar quroldan olingan ko‘plab jarohatlar sabab bo‘lganini aniqladi. Jasadlar yonida matni oshkor etilmagan xat qoldirilgani aytilmoqda.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 12.02.2019 / 09:40
Bosh sahifaga