Terminator haqidagi yangi filmning qanday nomlanishi ma’lum bo‘ldi

Terminator haqidagi franshizaning dastlabki ikki qism muallifi rejissor Jeyms Kemeron yangi film nomini oshkor etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Google Images

“Agar filmda Arnold Shvartsenegger ishtirok etmasa, bu loyihada ishlashdan bosh tortishim haqida avvaldan ogohlantirdim”, — deydi Kemeron.

Prodyusserning so‘zlariga ko‘ra, aynan u Linda Xemiltonni Sara Konnor roliga qaytishga ko‘ndirgan.

Kemeronning ta’kidlashicha, filmning ishchi nomi “Terminator: Qora taqdir”, deb nomalanadi.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 12.02.2019 / 09:35
Bosh sahifaga