Shimoliy Koreya Rossiyadan 50 ming tonna bug‘doyni bepul berishni so‘radi

Shimoliy Koreya hukumati “o‘tgan yilgi tabiiy ofatlar oqibatida yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash uchun” 50 ming tonna bug‘doy hajmida gumanitar yordam ko‘rsatishni iltimos qilib, Rossiyaga murojaat qildi. Bu haqda Rossiya Federatsiya kengashining xalqaro masalalar qo‘mitasi boshlig‘i Konstantin Kosachyovning so‘zlariga asoslanib, Meduza xabar berdi.

Foto: Google Images

Senatorning aytishicha, ayni vaqtda Rossiyaning tegishli idoralari ushbu masalani ko‘rib chiqmoqda. Uning ta’kidlashicha, Rossiya Shimoliy Koreyaga yordam berishni davom ettirmoqda.

Kosachyov Shimoliy Koreyaning Rossiyadagi elchisi bilan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida savdo aloqalarini rivojlantirish uchun Shimoliy Koreyaga solingan sanksiyalar xalaqit qilishini ta’kidlab o‘tgan.

2017-yilda Rossiyada 135,4 million tonna g‘alla, jumladan 86 million tonna bug‘doy hosili olingan. 2018-yilda bug‘doy hosili 70 million tonnaga yaqinni tashkil qilgan.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 12.02.2019 / 10:12
Bosh sahifaga