“Paxatkor” va OKMK bugun OChL guruh bosqichiga chiqish uchun maydonga tushadi

12-fevral, seshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining saralash bosqichi doirasida O‘zbekistonning ikki klubi o‘z ishtirokini boshlaydi.

Foto: Google Images

Toshkentning “Paxtakor” klubi Iroqning “Al Quva Al Joviya” jamoasi bilan bellashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 15:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” bu mavsum o‘z tarixida 15-marta OChLda ishtirok etadi. Jamoa 2002/03 hamda 2004-yilgi mavsumlarda yarim finalga qadar yetib borgan.

Iroq klubi esa mazkur musobaqada 4-bor ishtirok etmoqda.

Shu kuni Toshkent viloyatining OKMK klubi Tojikistonning “Istiqlol” jamoasi bilan bahsga kirishadi. Bellashuvga 16:00 da start beriladi.

OKMK futbol klubi 2018-yil O‘zbekiston Kubogi sohibi sifatida OChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

“Istiqlol” jamoasi esa Tojikiston milliy chempionatida ketma-ket 7 marta go‘liblikni qo‘lga kiritgan. Bu klub ham OChLda debyut o‘yinini o‘tkazadi.

Osiyo Chempionlar Ligasi—2019

Ikkinchi saralash bosqichi

12-fevral, seshanba

“Paxtakor”—“Al Quva Al Joviya” 15:00

OKMK—“Istiqlol” 16:00

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 12.02.2019 / 10:29
Bosh sahifaga