NASA Marsning 360 darajali panorama suratini namoyish qildi (video)

Curiosity marsoxodi Vera Rubin tizimida 122 ta fotosurat oldi — fotosuratlardan katta panorama yaratildi, deya xabar beradi “Hi-tech.mail.ru”.

Foto: Rambler

Curiosity marsoxodi Vera Rubin tizimida 2017-yildan buyon ishlagan. So‘ngra qurilma ushbu nuqtani tark etgan va janubga qarab Marsning loyli yuzasini o‘rganish uchun harakatlana boshlagan. NASA apparatining uzoq muddatli faoliyatini xotiraga muhrlash natijasida 122 ta suratdan iborat panorama yig‘ilgan.

Suratlar marsoxodning chap “ko‘zi” Mastcam kamerasi yordamida olingan. Keyin qurilma tasvirlarni Yerga uzatgan. Curiosity’dan olingan haqiqiy suratlar rangsiz va kam ma’lumotni o‘z ichiga olgani sababli NASA ularni aniqroq qilish uchun bo‘yab chiqqan.

Panoramani YouTube’da ko‘rishingiz mumkin — u yerda kamerani sichqoncha bilan aylantirish yoki telefonni giroskop yordamida ko‘chirish mumkin.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 12.02.2019 / 10:23
Bosh sahifaga