5 yoshli Eldorning shifo ilinjidagi ko‘zlariga quvonch bag‘ishlaylik!

Navoiy viloyati Navbahor tumani Qizilrabot qishlog‘ida yashovchi  Ziyodulla To‘rayevning 5 yoshli farzandi Eldor Suvonov o‘tkir leykoz — oqqon kasalligiga chalindi.

Bolaning otasi Ziyodulla To‘rayev ishlab ro‘zg‘or tebratadi. Onasi Qirmizxon Mirzayeva bola parvarishi bilan band.

Bobosi Suvon To‘rayev o‘zi bosh-qosh bo‘lib nabirasini davolatish uchun kelini bilan yelib-yugurib yuribdi. Onasining aytishicha, barchasi kutilmaganda ro‘y bergan.

Eldorning bobosi Suvon To‘rayevning aytishiga karaganda, ularning yordam so‘rab bosh urmagan eshigi qolmagan, hisob.

To‘rayevlar xonadoni yangi ro‘zg‘or. Qir etagida joylashgan yangi solingan uyga yaqinda ko‘chib chiqishgan. Eldor uydan chiqmaydi. Chunki unga turli infeksiyalar mudom xavf solib turadi.

“Shu kunga qadar o‘g‘limni davolatishda qarindoshlarimizdan, tanishlardan katta miqdorda qarz olishga majbur bo‘lganmiz. Bor-budimizgacha sotib, qarz olib o‘g‘limni davolanishiga sarfladik.

Tanishlardan va qarindoshlardan bo‘lgan qarzdorligimiz mikdori 40 million so‘mni tashkil qiladi. Shuning uchun ham saxovatpesha insonlardan umid ila xolis moddiy yordam so‘ramoqdaman. Saxovatpesha yurtdoshlarimizdan imkon qadar o‘g‘lim Eldorning kurslarini davom ettirishida, dorilarini o‘z vaqtida olib, davolanib sog‘ayib ketishi uchun xissa qo‘shishlarini iltimos qilib qolaman”, — Eldorning onasi Qirmizxon Mirzayeva.

Eldorga kurslarni to‘liq to‘xtatmasdan olib davolanishi va narxi qimmat turadigan dori-darmonlar xarid qilinishi uchun katta miqdorda pul kerak.

Biz barchadan Eldorning davolanishiga baholi-qudrat ko‘mak ko‘rsatishni so‘rab qolamiz.

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali: (Click, Payme) Onasi Qirmizxon Mirzayeva nomiga ochilgan.

Xalq banki: 8600-0609-2217-2177

AQSh dollaridagi o‘tkazmalari uchun otasi Ziyodulla To‘raev nomiga ochilgan Hamkor bank Visa plastik kartochkasining hisob raqami:

4231 2000 0051 9321

Xorijdan bankdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun onasining pasport ma’lumotlari:

Mirzayeva Qirmizxon Doniyorovna

Pasport raqami: AA 7616445

Onasi Qirmizxon Mirzayevaning telefon raqami: +99899 361 08 83

Otasi Ziyodulla To‘rayevning telefon raqami:+99899 361 18 83

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 12.02.2019 / 10:45
Bosh sahifaga