Ekologlar hayvonlarning 25 foizi insoniyat sabab halok bo‘layotganini aniqladi

GPS signallari yordamidagi kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, hayvonlar va qushlarning to‘rtdan bir qismidan ko‘pi odamlar qo‘lida nobud bo‘ladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: ESF

Olimlar qariyb quruqlikda yashovchi 120,000 xil hayvonlarni o‘rgangan. Kuzatuv davrida ularning 42 mingdan ziyodi nobud bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bu holatning deyarli 12 mingtasi bevosita odamlar bilan bog‘liq.

Bularning yarmidan ko‘pi brakonerlik yoki boshqa noqonuniy ovchilik natijasida sodir etilgan.

Faqatgina 17 foiz hollarda ovchilarda ularni otish uchun litsenziya mavjud bo‘lgan.

Atigi 5—10 foizi yo‘l-transport hodisalari, antropogen infektsiyalar va boshqa sabablar bilan bog‘liq ekani aniqlangan.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 12.02.2019 / 11:22
Bosh sahifaga