Xitoyda virtual relsli poyezd sinovdan o‘tkazildi (video)

Xitoyning Xarbine shahrida vizual relsli elektropoyezd sinovdan o‘tkazildi, deb xabar berdi “Vesti.ru”.

Foto: Youtube.com/New China tv

Uzunligi 30 metr, yo‘lovchi sig‘imi 300 kishilik bo‘lgan elektropoyezd -20 daraja sovuqda sinovdan o‘tkazilgan.

Noodatiy poyezd qalin rezina shinalar hisobiga istalgan trassada harakatlanishi mumkin bo‘lgan ilonsimon avtobusni eslatadi.

Yangi elektropoyezd soatiga 70 kilometr tezlikda harakatlanishi mumkin. O‘n daqiqa quvvat olishi taxminan 25 kilometr masofa bosib o‘tishiga yetadi.

Poyezdda ko‘plab o‘rnatilgan datchiklar bo‘lib, u yo‘lning sifati va kengligiga qarab yo‘nalish tuzish imkonini beradi.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 12.02.2019 / 11:11
Bosh sahifaga