Moskva davlat universiteti aspiranti “Yagona Rossiya” partiyasi ofisiga o‘t qo‘yish ishi bo‘yicha hibsga olindi

Moskva tuman sudi Moskva davlat universiteti aspiranti Azat Miftaxovni “Yagona Rossiya” partiyasining Moskvadagi ofisiga o‘t qo‘yganligi uchun bezorilik ishi bo‘yicha 7-martga qadar hibsga oldi. Miftaxovning o‘zi uy qamog‘ini so‘ragan edi, deb yozadi TJournal.

Foto: The Insider

Miftaxov uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan bezorilikda gumonlanmoqda. Gap 2018-yilning 30-yanvari tunida “Yagona Rossiya” ofisiga o‘t qo‘yish haqida bormoqda. Miftaxov o‘t qo‘yishda ishtirok etmaganligini ta’kidlab, aybini rad etmoqda. Uning ishtirok etganligi yagona dalili — kimligi sir tutilayotgan guvohning ko‘rsatmasi.

Miftaxov ilk bor 1-fevral kuni universitet yotoqxonasida qo‘lga olingan edi. U anarxistik tashkilot bilan aloqadorlikda va portlovchi modda tayyorlashda gumon qilingan edi. Miftaxov qo‘lga olingandan keyin IIVda qiynoqqa solinganligi va advokat bilan gaplashishiga to‘sqinlik qilinganidan shikoyat qilgan.

7-fevral kuni aspirant vaqtinchalik saqlash izolyatoridan qo‘yib yuborilgan. Shu kuni unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tishi kerak edi. U izolyatordan chiqqanidan taxminan bir soat o‘tib takroran qo‘lga olingan.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 12.02.2019 / 20:47
Bosh sahifaga