Samarqandda axborot-rеsurs markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Samarqandda 143 ming dona kitob fondiga ega 14900 ta adabiyotlarni o‘zida qamrab olgan elektron katalog va 7500 dona elektron nusxadagi adabiyotlar bilan ta’minlangan kutubxona o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida ochilgan yangi axborot-resurs markazida 22 nafar mutaxassis o‘z ish faoliyatini olib bormoqda.

Foto: “Daryo”

Axborot-resurs markazi eng so‘nggi axborot kommunikatsiya vositalari bilan jihozlanib, internet tarmog‘i orqali ZiyoNet axborot-ta’lim portali va jahon kutubxonalari bilan bog‘langan.

Foto: “Daryo”

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 12.02.2019 / 21:17
Bosh sahifaga