Sotuvga qo‘yilgan “O‘zbekiston” mehmonxonasi, 12 mln kishiga yetadigan Toshkent aholisi, 3-qavatdan tushib ketgan 3 yoshli bola va hamshira hamda kunning boshqa muhim xabarlari

12-fevralning e’tiborga molik xabarlari — “Daryo” dayjestida.

Foto: Google Images

“O‘zbekiston” mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi.

Ma’lum qilinishicha, tanlov predmetining boshlang‘ich bahosi 33 million dollar etib belgilangan

***

2030-yilga borib Toshkent shahri aholisi 12 mlndan oshishi mumkin.

2030-yilga borib Toshkent shahri aholisi 12 milliondan oshishi mumkin, O‘zbekistonning boshqa shaharlarida esa yana 24 million kishi yashaydi. Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi Frederik Starr hamda Calatrava Grace Corporation kompaniyasi ijrochi direktori Maykl Sellman O‘zbekistonning urbanistik kelajagiga doir ana shunday taxminning bildirdi.

***

Toshkentda 3 yoshli bola 3-qavat derazasidan pastga tushib ketdi.

Olmazor tumanida yashovchi buvisining uyida bo‘lgan uch yoshli Farruh ismli bola uchinchi qavatda joylashgan xonadon balkoniga deraza tokchasi balandligida qurilgan so‘ridan pastga qulab ketgan. Bola hodisa oqibatida tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, Toshkentdagi “Semashko” shifoxonasining hamshirasi 3-qavatdan sakrab, o‘z joniga qasd qildi.

Ushbu tibbiy muassasada massajchi bo‘lib ishlovchi 1983-yilda tug‘ilgan Olesya T. shifoxonaning uchinchi qavatidan pastga sakragan. Ayol voqea joyida halok bo‘lgan.

***

NASA Marsning 360 darajali panorama suratini namoyish qildi.

Curiosity marsoxodi Vera Rubin tizimida 122 ta fotosurat oldi — fotosuratlardan katta panorama yaratildi

***

MIB energiyadan antiqa ravishda foydalanayotgan fuqarolarni aniqladi.

Gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanayotgan ba’zi fuqarolarning “antiqa ixtiro”laridan Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va tuman-shahar bo‘limlari xodimlarining kunlik faoliyati natijasida olingan surat namunalari taqdim qilindi.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 12.02.2019 / 21:10
Bosh sahifaga