Farg‘onada 1,1 million dollarlik yangi qo‘shma korxona ishga tushirilib, 300 kishi ish bilan ta’minlandi

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida “Running busines trans invest” O‘zbekiston – Turkiya qo‘shma korxonasi ishga tushirildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Quvasoy shahridagi sobiq “Quvasoy chinnisi” aksiyadorlik jamiyatining foydalanilmay turgan, qarovsiz yoki samarasiz ishlab turgan binolari negizida kichik sanoat zonasi tashkil etilgan. Mazkur kichik sanoat zonasi hududida “Running busines trans invest” qo‘shma korxonasi tomonidan umumiy qiymati 2,1 million dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda.

Loyihaning 1,1 million dollar investitsiya kiritilgan birinchi bosqichi ishga tushirilishi natijasida 300 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Qo‘shma korxonada ellik turdan ortiq trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlarning asosiy qismi eksport qilinadi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Quvasoydagi kichik sanoat zonasida joriy yilda 38 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etgan holda 5 ta yirik loyiha ishga tushiriladi. Yangi ish boshlagan qo‘shma korxona ham ana shu loyihalardan biridir.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 12.02.2019 / 22:12
Bosh sahifaga