Toshkentda qarama-qarshi yo‘lda harakatlangan avtomobil haydovchisi jazolandi

Facebook’dagi guruhlardan birida Toshkentda 3-fevral kuni Gentra avtomobili qarama-qarshi yo‘lga chiqib, xavfli harakatlar bajarayotgani qayd etilgan videoregistrator yozuvi joylashtirilgandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

IIBB matbuot xizmati

Buni amalga oshirgan 25 yashar haydovchi Abdumajid A. IIBB YHXB xodimlari tomonidan topildi.

Mazkur holat yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi bayonnoma tuzildi.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 12.02.2019 / 22:44
Bosh sahifaga