Navoiyda oshxonadagi janjal o‘lim bilan yakunlandi

7-iyun kuni Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida yashovchi oshxona ish yurituvchisi A.N. ish joyida mast holda bo‘lgan fuqaro F.R. bilan o‘zaro janjallashadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Delfi

A.N. uni urib-tepib, tanasining turli joylariga jarohat yetkazadi. Bu tufayli F.R. kasalxonaga yotqiziladi va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, vafot etadi.

Ish yurituvchi qo‘lga olindi.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 10.06.2018 / 22:20
Bosh sahifaga